» » Aqto‘beda ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi, jarohat olganlar bor

Aqto‘beda ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi, jarohat olganlar bor


25-fevral kuni ichida o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgan avtobus Aqto‘ba viloyatida YTHga uchradi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar departamenti matubot xizmatiga tayanib, “Tengrinews.kz” xabar berdi. Avariya Samara—Chimkent avtomobil yo‘li yaqinida joylashgan Xromtou qishlog‘i oldida, taxminan, soat 20:40 da sodir bo‘lgan.

“Mercedes avtobusining 35 yoshli haydovchisi boshqaruvni eplay olmay qolgan. YTH oqibatida O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosi jarohat olgan bo‘lib, ular shifoxonaga yetkazilgan. Avtobus salonida jami 25 nafar yo‘lovchi bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26-fevral kuni jarohat olganlarga shifoxonadan javob berib yuborilgan.

“Jarohat olganlarning ahvoli yaxshi bo‘lib, ularga shifoxonadan javob berib yuborildi. Ular orasida bir nafar fuqaroning qovurg‘asi singan, qolganlariniki jiddiy emas. Bir nafar ayol shifoxonaga yotqizilgan, biroq u ham ariza yozib, yotishdan bosh tortgan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, fuqarolarning eng yoshi 1997-yilda tug‘ilgan”, — deydi Xromtou markaziy shifoxona bosh shifokori Lyudmila Volnenko.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют