» » Hindiston tun-u kun kuzatuvchi uchuvchisiz uchar qurilmani sinovdan o‘tkazdi

Hindiston tun-u kun kuzatuvchi uchuvchisiz uchar qurilmani sinovdan o‘tkazdi


Hindiston Rustom-2 yangi uchuvchisiz uchar qurilmasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. U havoda 24 soatgacha topshiriqlarni bajarishga qodir. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Sinov 25-yanvar kuni Karnataka shtati, Chitradurga okrugida o‘tkazilgan. Barcha ko‘rsatkichlar me’yorida ekanligi ta’kidlanmoqda.

Rustom-2 ma’lumotlarni kun-u tun to‘plash, qo‘lda va avtomatik rejimda dushman pozitsiyalarini ko‘zdan kechirish va kuzatish uchun mo‘ljallangan.

Uchuvchisiz uchar qurilmaning parvoz balandligi 6,7 kilometr, tezligi soatiga 280 kilometr atrofida. U Auronautical Development Establishment kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют