» » O‘zbekistonda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etilishi mumkin


O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirsh va biznesni yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari bo‘yicha farmoni loyihasi tayyorlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hujjat loyihasi 26-fevral, dushanba kuni O‘zbekiston Respublikasi normatiy-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Loyihaga muvofiq, O‘zbekistonda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Yangi agentlik boshqa davlat organlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq shtat birliklari va funksiyalarini o‘tkazish orqali tuziladi.

Jumladan, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xo‘jalik subyektlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirish faoliyatini agentlikka o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining poligrafiya faoliyati shug‘ullanayotgan korxonalarda tekshiruv o‘tkazish funksiyalarini Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga berish taklif etilmoqda.

Farmon loyihasida yangi tahrirdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, loyiha to‘ldirilishi, o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют