» » Qoraqalpog‘istonlik kollej xodimi Beruniydan Toshkentgacha piyoda borishni niyat qildi

Qoraqalpog‘istonlik kollej xodimi Beruniydan Toshkentgacha piyoda borishni niyat qildi


Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi Ravshan Yaxshimurodov Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab Toshkent shahrigacha piyoda yurib bormoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

— Buyuk insonning xotirasi uchun 1200 km yo‘lni piyoda bosib o‘tish g‘oyasi paydo bo‘lganiga ancha bo‘ldi, — deydi R.Yaxshimurodov. — Beruniy qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida texnik xodim bo‘lib ishlayman. Birinchi Prezidentning barcha asarlarini o‘qib chiqqanman. Agar ushbu niyatim amalga oshsa, yo‘l-yo‘lakay ko‘rgan-kechirganlarimni kitob qilib yozish niyatidaman. Beruniydan Toshkent shahrigacha piyoda borishga tayyorman.

2016-yil sentyabr oyida namanganlik Husan Hojiboyev Birinchi Prezidentning qabrigacha velosipedda borib, ziyorat qilib kelgandi. O‘shanda u velosipedda Samarqandgacha 500 kilometr masofani bosib o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют