» » Husniddin Ergashev Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari etib tayinlandi

Husniddin Ergashev Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari etib tayinlandi


Husniddin Ergashev 26-fevral kuni Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda hokimlikdagi manbalar “Daryo”ga ma’lum qildi.

Husniddin Ergashev (1970-yilda tug‘ilgan) bungacha “O‘zbekkino” milliy agentligining Alisher Navoiy nomli kinosaroyi ijrochi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, u faoliyati davomida O‘zMTRKning “Toshkent” telekanali direktori (2010—2014-yillarda), “O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi” direktori o‘rinbosari (2014—2015) sifatida ham ishlagan.

Husniddin Ergashev xalq orasida O‘zbekiston televideniyesi orqali namoyish etilgan “Gap yo‘q”, “Maslahat” kabi hajviy ko‘rsatuvlardagi ishtiroki orqali ayniqsa tanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют