» » “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida salkam 200 million dollarlik 58 ta loyiha amalga oshiriladi

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida salkam 200 million dollarlik 58 ta loyiha amalga oshiriladi


“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 188,7 million dollarlik 58 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga EIZ vakillari ma’lum qildi.

Mazkur loyihalar ishga tushishi natijasida 4004 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi, 258,23 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarilishi va 80,5 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi kutilmoqda.

Hozirgi kunda “Urgut” EIZ ishtirokchilari tomonidan loyihalar bo‘yicha qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Hozirgi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining barcha hududlarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi yaratilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. 42 kilometr avtomobil yo‘llarini kapital ta’mirlash, 17,5 kilometr elektr tarmog‘i tortilishi va yangi 4 ta nimstansiyalar qurilishi, 65,5 km tabiiy gaz ta’minoti, ichimlik suvi va oqova (kanalizatsiya) sohasida 4 ta suv inshootlari hamda 24,5 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi, telekommunikatsiya soxasida 37 kilometr aloqa liniyalari tortish va bazaviy stansiyalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют