» » Samarqand viloyatida 543 oilaning maishiy sharoiti yaxshilanadi

Samarqand viloyatida 543 oilaning maishiy sharoiti yaxshilanadi


Samarqand viloyatidagi ehtiyojmand oilalarga gaz plitasi va gaz ballonlari sovg‘a qilinmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Har bir tuman va shaharda 34 tadan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oila, nogironligi bo‘lgan shaxsga ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, maishiy turmush sharoitini yaxshilash maqsadida ushbu sovg‘alar berilishi rejalashtirilgan.

Shu paytgacha Jomboy, Payariq va Urgut tumanlarida bu jihozlar o‘z egalariga topshirildi.

— Zamonaviy gaz plitasi va gaz balloni berilishi ro‘zg‘orimizdagi kam-ko‘stni to‘ldirdi, — deydi Urgut tumanidagi Mo‘minobod mahallasida yashovchi G. Ro‘ziqulova. — Bu jihozni sotib olishga qo‘limiz kaltalik qilayotgan edi. Biz kabi oilalarga yaqindan ko‘mak berayotgan davlatdan minnatdormiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют