» » Tojikiston bilan chegaradagi “Oybek” posti orqali o‘tish soddalashtirildi

Tojikiston bilan chegaradagi “Oybek” posti orqali o‘tish soddalashtirildi


O‘zbekiston va Tojikistonning chegara hududida istiqomat qiluvchi aholi “Oybek” chegara-bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘ldi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, chegarani bosib o‘tishning soddalashtirilgan tartibi 10-fevraldan joriy etilgan.

“Oybek” posti orqali Toshkent viloyatining Angren va Bekobod shaharlari, shuningdek, Bekobod, Piskent, Ohangaron va Bo‘ka tumanlarida istiqomat qiluvchi o‘zbekistonliklar vizasiz, besh kun muddatga Tojikistonga o‘tishi, Tojikistonning So‘g‘d viloyati Bobojon G‘ofurov, Mastchoh va Asht tumanlaridagi aholi esa O‘zbekistonga kirishi mumkin.

“Bojxonadan o‘tdik, hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q. Muammolar kelgusida ham bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Avvallari deklaratsiya, vizalar bilan bog‘liq muammolar bor edi. Hozir esa ichki pasport bo‘yicha o‘tib keldik”, — dedi so‘nggi 10 yilda birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurgan tojikistonlik Ergashali Pardayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 21-fevral kuni O‘zbekiston hukumati Tojikiston bilan chegaradagi bitta temiryo‘l, sakkizta avtomobil o‘tkazish punktlari, shuningdek, chegara posti faoliyatlarini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют