» » Zokirjon Almatov uchun IIVda yangi lavozim joriy etildi

Zokirjon Almatov uchun IIVda yangi lavozim joriy etildi


O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan Ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimi joriy etildi, deya xabar bermoqda IIVning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Yangi lavozim “ichki ishlar organlarida yosh kadrlar salohiyatini oshirish tizimini yaratish, ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish uchun hurmat va obro‘ga ega bo‘lgan xodimlarning ichki ishlar organlaridagi boy amaliy tajribasidan foydalanish” maqsadida joriy etilgan.

Xabar berishlaricha, ushbu lavozimga Zokirjon Almatov tayinlangan. Bu haqdagi buyruq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tomonidan imzolangan.

Vazir Po‘lat Bobojonov 27-fevral, seshanba kuni vazirlik shaxsiy tarkibini Zokirjon Almatov IIV rahbariga maslahatchi etib tayinlangani haqidagi buyruq bilan tanishtirgan.

Qayd etishlaricha, Zokirjon Almatov “hayotiy boy tajribaga ega, ko‘p yillar davomida respublikamizda jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga katta hissa qo‘shgan”.

IIVdan ma’lum qilishlaricha, general-polkovnik Zokirjon Almatov 1991—2006-yillarda ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan, so‘ng nafaqaga kuzatilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning barcha ichki ishlar vazirlari — bitta suratda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют