» » Kaliforniyada avtomobillarning haydovchisiz harakatlanishiga ruxsat berildi

Kaliforniyada avtomobillarning haydovchisiz harakatlanishiga ruxsat berildi


Kaliforniya hukumati kompaniyalarga shtat yo‘llarida haydovchilarsiz avtomobillarni sinab ko‘rish imkonini beruvchi yangi qoidalarni ishlab chiqdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Qayd etilishicha, bunga qadar mustaqil boshqariladigan avtomobillar yo‘llarda favqulodda vaziyatlarda boshqaruvni o‘z zimmasiga oladigan haydovchi bilangina harakatlana olardi.

Birinchi bosqichda jarayondagi inson ishtirokidan to‘la voz kechilmaydi. Operator avtomobilni masofaviy tarzda nazorat qiladi. Biroq endilikda kompaniyalar rul, pedallar va haydovchilarga mo‘ljallangan boshqa atributlari bo‘lmagan avtomobillarni yo‘lga chiqara oladi.

Hukumat ruxsatini olish uchun avtopilotga ega avtomobil ishlab chiqaruvchilar ularning xavfsizlik talablariga to‘la javob berishini isbotlashi kerak bo‘ladi.

Mazkur qoidalar uch yildan ortiqroq vaqtda ishlab chiqildi va Kremniy vodiysidagi yirik kompaniyalar tomonidan intizorlik bilan kutilayotgan edi, deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda Kaliforniyada mustaqil boshqariladigan avtomobillarni Alphabet, Uber, Apple, GM, Ford va Toyota kabi 50 ga yaqin kompaniyalar sinovdan o‘tkazmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют