» » Milliy bank Kinder fruits, Xorazm palace va “Toshkent qog‘ozi” jamiyatlaridagi ulushini auksion savdolariga qo‘ydi

Milliy bank Kinder fruits, Xorazm palace va “Toshkent qog‘ozi” jamiyatlaridagi ulushini auksion savdolariga qo‘ydi


Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Kinder fruits, Xorazm palace va “Toshkent qog‘ozi” MCHJlardagi 100 foizlik ulushini auksion savdolarida sotadi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Yangiyo‘lda joylashgan, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va pyure tayyorlashga ixtisoslashgan Kinder fruits uchun 13,3 milliard so‘m, Urganchdagi Xorazm palace mehmonxonasiga 24,4, Toshkent shahridagi qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaradigan “Toshkent qog‘ozi” (sobiq “O‘zbum”) uchun esa 22,2 milliard so‘m boshlang‘ich narx belgilangan.

Ular tegishli ravishda 500 ming, 150 ming va 10 million dollar investitsiya majburiyati bilan sotiladi. Investitsiyalar 3 yil muddatda kiritilishi lozim.

Savdolar joriy yil 27 va 29-mart, 3 va 5-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют