» » Superliganing “Paxtakor” — “So‘g‘diyona” o‘yinida muxlislar 3 ta televizordan birini yutib olishi mumkin bo‘ladi

Superliganing “Paxtakor” — “So‘g‘diyona” o‘yinida muxlislar 3 ta televizordan birini yutib olishi mumkin bo‘ladi


2-mart kuni Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Superliganing ilk turi doirasida “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, muxlislarni stadionga chorlash uchun o‘yin oldidan shou-dastur o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Tanaffus vaqtida esa muxlislar o‘rtasida sovrinli ijtimoiy aksiya o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, omadli chipta egalari futbol to‘plari va o‘rtaga qo‘yilgan 3 ta televizordan birini yutib olish imkoniga ega bo‘ladi.

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona” o‘yini 20:00 da start oladi. Mazkur jamoalar bungacha o‘zaro 44 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 4 tasida jizzaxlik futbolchilar zafar quchgan va 4 ta o‘yinda g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Qolgan barcha uchrashuvlar “Paxtakor”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют