» » Yevropada anomal sovuq ob-havo oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Yevropada anomal sovuq ob-havo oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi


Yevropa mamlakatlarida 27-fevral, seshanba kuni ham qalin qor va sovuq ob-havo saqlanib qolmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.

Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati ob-havo hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Mamlakatning ayrim hududlarida 40 santimetr qalinlikda qor yog‘ishi kutilmoqda.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuzlab poyezdlar harakati to‘xtatilgan, o‘nlab aviareyslar kechiktirilgan.

British Airways aviakompaniyasi Xitrou va Gatvik aeroportidan 68 ta reysning bekor qilingani haqida ma’lumot berdi.

Fransiya

Fransiya hududining katta qismida ob-havoning keskin sovishi natijasida “sovuq” rejasi harakatga keltirilgan. Sovuq ob-havo oqibatlari bilan kurashish bo‘yicha reja doirasida hukumat tomonidan besh mingdan ortiq uysiz fuqarolar vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlandi.

Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay Fransiyadagi sovuq qurbonlari soni uch kishiga yetgan. Yevropadan uch kun davom etgan sovuq oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari Polshada, yana uch nafari Litvada vafot etgan. Fransiya sohillarida olti soat mobaynida qor yog‘gan.

Ispaniya va Italiya

Ispaniyaning Kataloniya shahrida 26-fevral, dushanba kuni kechqurun qor yog‘a boshlagan. Mahalliy aholi yo‘llarda harakat cheklanishi bilan bog‘liq muammoga duch keldi. Vik universitetidagi mashg‘ulotlar bekor qilingan.

Rim shahrida ikki kundan beri maktab va bolalar bog‘chalari ishlamayapti. Avtobus va tramvaylar qiyinchilik bilan harakatlanmoqda. Poyezdlar esa manzilga kechikmoqda. Minglab yo‘lovchilar bir necha soat davomida sovuq va qalin qor tufayli yo‘lda to‘xtab qolgan poyezdlarni tark eta olmayapti.

Italiya janubiga ham qalin qor yog‘gani aytilmoqda. Xususan, Neapol shahriga qalin qor yog‘gan, Vezuviy vulqonining cho‘qqisi qor bilan qoplangan.

Neapol shahri meri Luiji de Majistris bolalar bog‘chalari va maktablarni yopish haqida ko‘rsatma bergan. Shahar transporti harakatida muammolar yuzaga kelgan, aeroport o‘z ishini to‘xtatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют