» » Video: Toshkentda to‘y kortejining haydovchilari javobgarlikka tortildi

Video: Toshkentda to‘y kortejining haydovchilari javobgarlikka tortildi


Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida 25-fevral kuni Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, “yo‘l harakati xavfsizligiga qasddan tahdid solgan” to‘y kortejining videosi e’lon qilingan edi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati tomonidan 27-fevral kuni berilgan bayonotga ko‘ra, shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarni aniqlash uchun qidiruv ishlari amalga oshirilgan.

Natijada yo‘l harakati qoidabuzarligi Mercedes-Benz, Saturn Sky va to‘rtta Range Rover avtomobillari tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Mashinalarning haydovchilarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar tuzilgan.

IIBB matbuot xizmatining qayd etishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasiga muvofiq, mototsikllar va boshqa transport vositalari xaydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi eng kam ish haqining uch baravari (27-fevral holatiga ko‘ra — 516 720 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют