» » Uzbek Tigers — Cuba Domadores 2:1. Endi Kruz Toshkentda Iqbol Xoldorov ustidan zafar quchdi

Uzbek Tigers — Cuba Domadores 2:1. Endi Kruz Toshkentda Iqbol Xoldorov ustidan zafar quchdi


WSB guruh bosqichi doirasida Cuba Domadores klubini qabul qilayotgan Uzbek Tigers boks jamoasi uchinchi jangga kelibgina imkoniyatni boy berdi. Bungacha Hasanboy Do‘stmatov va Shahobiddin Zoirov raqiblaridan ustun kelgandi.

-64 kilogramm vazn toifasida Endi Kruzga qarshi ringga chiqqan Iqbol Xoldorov yakunda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Oldinda Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov kubaliklarga qarshi rigga chiqadi. Uzbek Tigers joriy mavsum hisobidan birinchi katta g‘alabasini qo‘lga kiritishi uchun ulardan kamida bittasi g‘olib chiqishi kerak bo‘ladi.

Bungacha Cuba Domadores bokschilari okean ortida kechgan ilk to‘qnashuvlarda Uzbek Tigers jamoasining C1 guruhiga a’zo charm qo‘lqop ustalarini birma-bir taslim qilgandi — 5:0.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют