» » “Asaka” banki boshqaruvi raisi hukumat majlisida ogohlantirildi

“Asaka” banki boshqaruvi raisi hukumat majlisida ogohlantirildi


O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlariga qaramay “Asaka” banki faoliyatidan aholi qoniqayotgani yo‘q. Bunday munosabat tahlillar jarayonida yanada oydinlashmoqda, deya xabar beradi O‘zA. 

Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda ma’lum qilinishicha, 2017-yilda “Asaka” aksiyadorlik tijorati bankida sayyor qabullari jadvali tasdiqlangan bo‘lsa-da, lekin ularni joylarda belgilangan muddatlarda o‘tkazish amalga oshirilmagan.

Mazkur bankda murojaatlarni ko‘rib chiqishning natijadorligini oshirish yuzasidan tizimli choralar ko‘rilmayotgani oqibatida shikoyat va arizalar ortishi kuzatilgan. Natijada “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankiga murojaatlar 1,5 dan 3 barobarga ko‘paygan.

Ayrim rahbarlar tomonidan fuqarolarni shaxsiy va sayyor qabul qilishda mas’uliyatsizlikka va sovuqqonlikka yo‘l qo‘yilgan, qabul bo‘yicha bayonnomalar to‘ldirilmagan, ularning natijadorligi pastligicha qolmoqda. Ko‘pincha shaxsiy va sayyor qabullar umuman amalga oshirilmagan yoki nomiga, rasmiyatchilik uchun o‘tkazilgan. Bu o‘z navbatida aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olgan holda “Asaka” banki boshqaruvi raisi Qahramon Mullajonov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini to‘liq va obyektiv ko‘rib chiqishni har doim ham ta’minlamagani, sayyor qabullar o‘tkazish masalasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragani va murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarning buzilishiga yo‘l qo‘ygani uchun ogohlantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют