» » Dushanbedagi “Do‘stlik kechasi”da Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova sahnaga chiqadi

Dushanbedagi “Do‘stlik kechasi”da Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova sahnaga chiqadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida Dushanbeda “Do‘stlik kechasi” deb nomlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

9-mart kuni kechki payt Dushanbedagi “Koxi Borbad” majmuasida bo‘lib o‘tadigan konsertda ikki davlat san’at ustalari qatnashadi. Jumladan, tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova va Ozodbek Nazarbekov sahnaga chiqishi kutilmoqda.

Tojikiston san’atini esa taniqli xonandalar Davlatmand Xolov, Nigina Omonqulova, Rustam Duloyev, “Shashmaqom” ijrochilari, raqs guruhlari taqdim etadi.

“Do‘stlik kechasi” tomoshabinlari qatoridan ikki davlat rahbaridan tashqari O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi a’zolari, Tojikiston hukumati va parlamenti a’zolari, jamoatchilik vakillari o‘rin oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют