» » MWC 2018’da Huawei bir qator ilg‘or mobil qurilmalarni namoyish etdi

MWC 2018’da Huawei bir qator ilg‘or mobil qurilmalarni namoyish etdi


25-fevral kuni Huawei Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasida bir qator ilg‘or mobil qurilmalarni namoyish etdi. Bu FullView displeyli dunyoda birinchi Huawei MateBook X Pro noutbuki, Huawei MediaPad M5 plansheti va Huawei MediaPad M5 Pro’dir.

Huawei MateBook X Pro va Huawei MediaPad M5’ning ikkisi ham aniq displey, uskunaning kuchli yangilanishi va intellektual dasturiy ta’minotni mujassamlashtirgan:

Huawei MateBook X Pro

Ultra yupqa, lekin to‘liq funksional 13,9 dyuymli yangi noutbuk bo‘lib, eng yangi Huawei FullView sensorli 3K displeyga va ekranning korpusga mutanosibligi rekord darajadagi 91 foizdir. Qurilma i7/i5 8-chi avlod Intel Core™ protsessori, hajmi 57,4 Vt*Chga teng kuchli batareya va 2 Gb GDDR5li NVIDIA GeForce MX150 diskret grafika bilan jihozlanganligi uni bozordagi eng yengil va kuchli noutbuklardan biriga aylantirdi.

Huawei MateBook X Pro tiniq ovozni maxsus yaratilgan dinamiklardan chiqaradigan Dolby Atmos auditizimi bilan maqtansa arziydi. Dolby Atmos tizimi bilan ovoz oqimi foydalanuvchini ekranda ro‘y berayotgan harakatga jalb qiladi.

Huawei MediaPad M5 va Huawei MediaPad M5 Pro

Ergonomik, elegant va kuchli 8,4 dyuymli yoki 10,8 dyuymli Huawei MediaPad M5 planshetlari 2.5D shishali 2K HD displey ClariVu 5.0, shuningdek, Harman Kardon laboratoriyasida sozlangan dinamiklarga ega.

Huawei Histen audiotexnologiyasi maftunkor 3D ovozni ta’minlaydi. Buning uchun ovoz chastotalarining to‘liq ko‘lamini sayqallab, ovoz chiqishining o‘ta sifatli bo‘lishini ta’minlaydi.

10,8 dyuymli Huawei MediaPad M5 Pro barmoq bosilishining 4096 darajali sezuvchanligiga ega Huawei M-Pen ultra aniq stiliusi bilan ham jihozlangan bo‘lib, bu rasm chizish, loyihalash va matn yozish jarayonlarini ancha osonlashtiradi.

“Bugungi kun iste’molchilari ko‘p narsani xohlashadi: ular o‘z texnologiyalari ham kuchli, ham moslanuvchan bo‘lishini kutishadi, Huawei esa nafaqat shu mezonlarga javob bera oladigan qurilmalar yaratishga intiladi, balki kundalik hisob-kitoblarni g‘aroyibga aylantiradigan tajriba ham yaratadi. Huawei MateBook X Pro va Huawei MediaPad M5 Series mobil hisoblashlar yangi avlodining oldingi qatorida bo‘lib, imkoniyatlar va hayot chegarasidan o‘tish imkonini beradi”, — dedi Huawei Consumer Business bosh direktori Richard Yuy.

Xususiyati va qiymati

5G standartda ishlovchi abonentlar moduli – ushbu ilg‘or qurilma mobil ulanishning kelajagiga asos yaratadi.

Huawei yangi Huawei 5G CPE (customer-premises equipment) abonentlar modulini ishga tushirdi. Bu 5G uchun 3GPP telekommunikatsiya standartida ishlovchi dunyoda birinchi tijorat terminal qurilma bo‘lib, Huawei simsiz ulanishlarning keyingi avlodiga asos yaratmoqda.

Qurilma Huawei yaratgan Balong 5G01 chipsetidan foydalanadi – bu 3GPP standart va 5G’ning barcha chastotalarida, shu jumladan, sub-6 GGs va millimetrli to‘lqinlarda (MMW) ishlovchi dunyoda birinchi tijorat chipsetidir.

Bino ichi va tashqarisida foydalanish mumkin bo‘lgan bu qurilma o‘ta yuqori tezlikni (2 Gbit/s gacha) ta’minlaydi hamda 4G va 5G tarmoqlarda ishlaveradi.

“5G texnologiyasi intellektual olamimizda oldinga qo‘yiladigan keyingi qadamni mustahkamlaydi. Bunda odamlar, transport vositalari, uylar va qurilmalar to‘liq ulangan bo‘lib, yangi taassurotlar, g‘oyalar va imkoniyatlarni ta’minlaydi”, — deydi Huawei Consumer Business Group (CBG) bosh direktori Richard Yu.

“2009-yildan beri Huawei tadqiqotlar va 5G texnologiyasi yaratishga 600 million AQSh dollariga teng mablag‘ sarfladi.Ulangan avtomobillar va smart-uylardan to AR/VR videoroliklar va gologrammalargacha biz yetuk 5G ekotizimi yaratish niyatidamiz, toki iste’molchilar muloqot qilishimiz va almashishimizni transformatsiya qiladigan haqiqatdan ham bog‘langan olamdan foyda olishsin”.

Huawei CBG 5G qurilma strategiyasini yaratdi, u yuqori tezlikdagi 5G’ga ulanish imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu strategiya insonlar va obyektlarni uyda, transport vositalarida va undan tashqarida, mobil Wi-Fi, sanoat modullari va boshqa qurilmalarga ulanishi uchun smartfonlarni o‘z ichiga oladi.

Huawei 5G sohasida 30 dan ziyod global telekommunikatsiya operatorlari, shu jumladan, Vodafone, Softbank, T-Mobile, BT, Telefonica, China Mobile va China Telecom bilan hamkorlik qiladi. 2017-yilda Huawei birinchi bo‘lib o‘z hamkorlari bilan dastlabki 5G tijorat tarmog‘ini ishga tushirdi.

2018-yilda Huawei ishlab chiqarish zanjirini yaxshilab, moslik sinovlarini tugatadi va 5G’ning tijorat yoyilishining birinchi raundini qo‘llab-quvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida 3GPP konsorsiumi radioulanish tarmog‘i texnik tasniflar (“spetsifikatsiya”) yaratish guruhining yig‘ilishida 5G tarmog‘i uchun “yangi radio”ning (New Radio, NR) amalga qo‘llanilayotgan dastlabki tasnifi taqdim etilgandi.

5G NR standartining birinchi versiyasi 5G tarmog‘ini noavtonom arxitekturasini yoyishni tasvirlabgina qolmay, noavtonom va avtonom arxitekturalar standartlari yaratishning asosiy qismini tugatadi.

Bir so‘z bilan aytganda, dunyo mobil aloqa tarmog‘iga keng ko‘lamda 5G tarmog‘i uchun “yangi radio”dan tijorat foydalanishni 2019-yildayoq boshlashga poydevor yaratilgan.

Huawei 5G CPE 5G tarmog‘i uchun 3GPP telekommunikatsion standartini ta’minlaydi.

Huawei Kompaniyasi Mobile World Congress 2018 doirasida o‘tkaziladigan kundalik tadbirlarni yoritish uchun UzReport telekanali jurnalistlarini taklif etgan.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют