» » O‘zbekistonda ikkita OTM negizida ijodiy iqtisodiyot rivojlantiriladi

O‘zbekistonda ikkita OTM negizida ijodiy iqtisodiyot rivojlantiriladi


O‘zbekistonda ikkita oliy ta’lim muassasasi negizida ijodiy (kreativ) iqtisodiyot rivojlantiriladi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Milliy taraqqiyot va mamlakat xalqaro imijini shakllantirishda madaniyat va san’atning roli” mavzusidagi davra suhbatida Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi bo‘lim boshlig‘i Temur Kamolov ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Xususan, ma’lum bo‘lishicha, Davlat san’at va madaniyat instituti negizida joriy ta’lim fanlari va amaliy mashg‘ulotlar va ishlar uchun xab yaratish imkoniyati qayta ko‘rib chiqiladi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida ham ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish rejalashtirilmoqda, u yerda alohida “Madaniyat sohasida ijodiy industriyalar va menejment” fakulteti ochilishi kutilmoqda.

Loyihaga YuNESKOni jalb qilish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют