» » TIV delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

TIV delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi


27-fevral kuni Budapesht shahrida “Vishegrad guruhi” va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ish vazirlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari, Yevropa tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerinining 2017-yil 9—10-noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sherikchilik hamda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni yangilash bo‘yicha muzokaralarni boshlash va imzolash yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar, hamkorlikning qo‘shma institutlari majlislari va boshqa tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют