» » O‘zbekistondagi 7 shaharda Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekistondagi 7 shaharda Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish imkoniyati yaratiladi


2018-yil 18-martda bo‘lib o‘tadigan Rossiya prezidenti saylovi kuni O‘zbekistonda 3 ta saylov uchastkasi faoliyat olib boradi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Shu kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha ochiq bo‘ladigan saylov uchastkalari quyidagi manzillarda joylashgan:

Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 83-uy (Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi);

Farg‘ona shahri, Navoiy ko‘chasi, 26-uy (Asia Ferghana mehmonxonasi);

Buxoro shahri, Ambar ko‘chasi, 55-uy (Asia Bukhara mehmonxonasi).

Shuningdek, saylov arafasida quyidagi shaharlarda muddatidan avval ovoz berish tashkil etiladi:

3-mart kuni — Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi, 5-uy (Zarafshan Grand mehmonxonasi);

4-mart kuni — Samarqand shahri, Yusupov ko‘chasi,5-uy (“Zilol Baxt” mehmonxonasi);

10-mart kuni — Guliston shahri, Alimov ko‘chasi,1-uy (“Oltin vodiy” mehmonxonasi);

11-mart kuni — Olmaliq shahri, Primqulov shohko‘chasi, 15-uy (“Kimyogar” mehmonxonasi).

Saylovda O‘zbekistonda yashovchi yoki vaqtincha bo‘lib turgan 18 yoshdan yuqori Rossiya fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Buning uchun ushbu mamlakatning xorijiy pasporti o‘zida bo‘lishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют