» » Toshkentda Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi — “janob Fayziyev” qo‘lga olindi

Toshkentda Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi — “janob Fayziyev” qo‘lga olindi


Toshkent viloyatining sobiq prokurori Jamshid Fayziyev qo‘lga olingan va unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda, o‘z manbalariga asoslanib, UzNews va “Kun.uz” xabar bermoqda.

UzNews’ning yozishicha, Fayziyevga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan ish ochilgan. “Kun.uz” esa gap qaysi moddalar haqida borayotganiga aniqlik kiritgan — 205-modda (“Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish”) va 210-modda (“Pora olish”).

Jamshid Fayziyev ko‘p yillar davomida prokuratura tizimida mehnat qilgan. O‘z vaqtida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari, Toshkent viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan.

“Kun.uz”ning yodga solishicha, O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jamshid Fayziyevni bir necha bor tanqid qilgan. Xususan, 2017-yil 8-yanvardagi videoselektorda uni kinoya bilan “janob Fayziyev” deb chaqirgan. 2017-yil 2-avgustdagi videoselektorda esa Shavkat Mirziyoyev o‘sha vaqtda Toshkent viloyati prokurori hisoblangan Jamshid Fayziyevga 10 kun muhlat bergan edi.

“Dunyoqarashingni o‘zgartirmasang, kech bo‘ladi. Senga 10 kun muhlat, qadamlaring yoqmayapti. Bitta o‘zing qolding, hammani ishdan oldim. Biz yangi bosh prokuror qo‘yganmiz. 80 foiz odamni o‘zgartirdik. Avvalgi bosh prokurordan qolgan o‘g‘ri tizimdagilarning asosiy qismini ishdan oldik. 15—20 foizi yuribdi. Fayziyev ham shulardan. Baribir oxirigacha o‘zgartiramiz”, — degandi Prezident Mirziyoyev avgustdagi o‘sha videoselektorda.

Jamshid Fayziyev 2017-yil oktabrida, paxta hosiliga qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yganlikda aybdor sanalib, ishdan olingan edi. Uning o‘rniga tayinlangan Ulug‘bek Sunnatov esa 2018-yil 5-yanvar kuni ishdan olingan. “Kun.uz” ma’lumotiga ko‘ra, sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning ushlanishi ortidan Ulug‘bek Sunnatov ham qo‘lga olingan. Biroq Bosh prokuratura matbuot xizmati bu xabarlarni hozircha na tasdiqlayapti, na rad etmoqda.

Mavzuga doir: Bo‘lganni “bo‘lmadi” deyish illati haqida

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura 23-fevral kuni O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov ushlangani haqidagi bayonot bergan edi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”), 205-moddasi (“Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish”) va 210-moddasi (“Pora olish”) bilan ish ochilgan.

Mavzuga doir: Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют