» » Amazon “aqlli” eshik qo‘ng‘iroqlarini ishlab chiqaruvchi Ring startapini 1 milliard dollarga sotib oldi

Amazon “aqlli” eshik qo‘ng‘iroqlarini ishlab chiqaruvchi Ring startapini 1 milliard dollarga sotib oldi


Dunyodagi eng yirik internet do‘kon hisoblanmish Amazon videokuzatuvlar va internetga ulanish funksiyasiga ega eshik qo‘ng‘iroqlarini ishlab chiqaruvchi Ring startapini sotib oldi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Bu orqali Amazon tez rivojlanib borayotgan “aqlli” qurilmalar va xavfsiz boshpana texnologiyasini ta’minlash bozoridagi o‘z o‘rnini saqlab qolish niyatida.

Kelishuv narxi qanchaga teng ekanligi ma’lum qilinadi. The Wall Street Journal’ning yozishicha, Amazon Ring uchun 1 milliard dollardan ortiqroq pul sarflagan.

Mazkur bitim Amazon tarixida Whole Foods’dan keyingi eng yirik ikkinchi xaridga aylandi (o‘tgan yili Amazon Whole Foods’ni 13,5 milliard dollarga sotib olgandi).

2017-yilda Amazon kompaniyasi ishonch bildirilgan kuryerlarga mijozning uyiga kirish imkonini beruvchi Amazon Key servisini ishga tushirgandi. Bunga qadar AQShdagi kuryerlar posilkalarni eshik oldiga tashlab ketar va bu orqali ularning o‘g‘irlab ketilish holatlarini keltirib chiqarardi.

Ring’ning sotib olinishi esa Amazon va Alphabet o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi. “Aqlli” Ring moslamalari eshikka o‘rnatilgan qo‘ng‘iroqqa smartfon yoki planshet orqali dunyoning istalgan joyidan ulanish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют