» » Afg‘oniston prezidenti toliblar bilan tinchlik muzokaralariga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Afg‘oniston prezidenti toliblar bilan tinchlik muzokaralariga tayyor ekanligini ma’lum qildi


Afg‘oniston prezidenti “Tolibon” radikal harakati bilan tinchlik muzokaralari tarafdori, shuningdek, uni siyosiy guruh sifatida tan olishga tayyor. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani 28-fevral kuni Kobulda “Kobul jarayoni” ikkinchi xalqaro konferensiyasining ochilishida mazkur bayonot bilan chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.

“Biz tinchlik jarayonini boshlashimiz va toliblar bilan o‘t ochishni to‘xtatishimiz lozim. Hech qanday shartsiz tinchlik muzokaralarini taklif etamiz”, — deydi u. Davlat rahbari, shuningdek, afg‘on hukumati “Tolibon”ni siyosiy guruh sifatida tan olish va Kobulda harakatning rasmiy vakolatxonasini ochishga tayyor ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari, Ashraf G‘ani Afg‘oniston hukumati harakat a’zolariga pasport va vizalar berishini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют