» » “Mahalliylashtirish dasturlari — ko‘zbo‘yamachilik”. Prezident — bir yilda import qilingan atir sovun va shokolad miqdori haqida (video)

“Mahalliylashtirish dasturlari — ko‘zbo‘yamachilik”. Prezident — bir yilda import qilingan atir sovun va shokolad miqdori haqida (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevral kuni videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda eksportni ko‘paytirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahlil qilindi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston 24”ning “Axborot 24” dasturi.

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yillarda qabul qilingan mahalliylashtirish dasturlarini “ko‘zbo‘yamachilik va imtiyoz olish uchun” manba deb atadi. Prezidentning ta’kidlashicha, mahalliylashtirish dasturlariga birinchi galda eng ko‘p import qilinayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar kiritilishi lozim edi.

2017-yilda importni 1,081 milliard dollarga qisqartirish rejasi 951 million dollarga bajarilgan. Joriy yil yanvar oyida import hajmi o‘tgan yil yanvar oyiga nisbatan keskin — 403 million dollarga yoki 55 foizga oshib ketgan.

Misol uchun, bir yilda 20 million dollarlik kir yuvish kukuni, 13 million dollarlik atir sovun, 49 million dollarlik qurilish materiallari va sintetik bo‘yoqlar, 23 million dollarlik shokolad import qilingan.

Bu holat o‘tgan yillarda qabul qilingan mahalliylashtirish dasturlarining hech qanday asoslarga ega emasligini, faqatgina ko‘zbo‘yamachilik va imtiyoz olish uchun xizmat qilganidan dalolat emasmi?

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: investitsiya loyihalarining ro‘yxatiga birinchi navbatda ko‘p import qilinayotgan tovarlarning o‘zimizda ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar kiritilishi kerak emasmi?

Lekin joylarda va respublikada o‘tirgan mutassaddilar bu oddiy haqiqatga panja ortidan qaramoqda.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shu munosabat bilan, Prezident matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, endi O‘zbekistonda eksport va import sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazorat qilishning butunlay yangi tizimi joriy etiladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Eksport bilan har kuni shug‘ullanishimiz kerak! (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют