» » Bollivud aktrisasi Shridevining o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

Bollivud aktrisasi Shridevining o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi


Dubay politsiyasi 24-fevralga o‘tar kechasi mehmonxona nomerida vafot etgan taniqli hind aktrisasi Shridevi o‘limi yuzasidan tergov ishlarini yakunladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lum qilinishicha, aktrisaning o‘limiga uning tasodifan suvga g‘arq bo‘lishi sabab bo‘lgan.

Aktrisaning jasadi 27-fevral kuni Hindistonga yetkazilgan.

54 yoshli aktrisa Dubaydagi mehmonxona nomerining yuvinish xonasida vafot etgan. Sud tibbiy-ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aktrisaning o‘limiga uning tasodifan suvga g‘arq bo‘lib, so‘ng hushini yo‘qotganligi sabab bo‘lgan.

27-fevral, seshanba kuni aktrisa o‘limi yuzasidan ochilgan jinoiy ish yopilgan.

Shuningdek, Shridevining qonidan alkogol aniqlangan.

Aktrisa BAAga turmush o‘rtog‘i, prodyuser Boni Kapur va kenja qizi bilan jiyanining to‘yida ishtirok etish uchun kelgan edi.

Shridevi hind kinosining eng mashhur yulduzlaridan biri hisoblanadi, u Mumbaydagi Bollivud studiyalarida ham, Janubiy Hindiston kinosida ham suratga tushgan. Aktrisa jami 270 da kartinada rol o‘ynagan.

O‘zbek tomoshabinlari Shridevini “Artist” (1983), “Mehribonginam” (1987), “Janob Hindiston” (1987) filmlari orqali yaxshi taniydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют