» » “O‘zqurilishmateriallari” rahbari: O‘zbekiston avvalgi yillarda eksport qilgan sementning asosiy qismi ichki bozorda valyutaga sotilgan (video)

“O‘zqurilishmateriallari” rahbari: O‘zbekiston avvalgi yillarda eksport qilgan sementning asosiy qismi ichki bozorda valyutaga sotilgan (video)


“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati 2018-yilda qurilish materiallari eksportini 3,5 barobarga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda kompaniya rahbari Botir Zaripov “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

27-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport va import masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qurilish materiallari tarmoqlarida import hajmi eksportdan o‘nlab barobar yuqori ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, 2017-yilda davomida 49 million dollarlik qurilish materiallari va sintetik bo‘yoqlar import qilinganiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tanqidiy baho berildi.

Bugungi yig‘ilishda, barcha sohalar kabi, qurilish materiallari eksportini yanada ko‘paytirish borasida ham tanqidiy fikrlar bildirildi va sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Haqiqatan ham, sohada ayrim kamchiliklar mavjud. Bugungi yig‘ilishda bu kamchiliklar yaqqol ochib berildi. Jumladan, avvalgi yillarda eksportimiz tarkibida asosan sement mahsuloti yuqori ulushga ega bo‘lgan. Bir yilda o‘rtacha 1 million tonna — 40 million dollarlik sement eksport qilingan. Bu ham asosan O‘zbekiston ichki bozorida xorijiy norezidentlarga valyutada sotilgan.

2018-yildan boshlab bu amaliyot bekor qilindi. Endi biz haqiqiy qurilish materiallarini respublikamizdan tashqariga eksport qilishimiz kerak. Tahlillarga ko‘ra, respublika tashqarisiga o‘rtacha 20—25 million dollarlik sof qurilish materiallari eksport qilingan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkichni 3,5 barobarga ko‘paytirish — eksport hajmini 80 million dollardan oshirishni maqsad qilib qo‘ydik.

Botir Zaripov, “O‘zqurilishmateriallari” boshqaruvi raisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют