» » Samarqand kasalxonalarida bir martalik tibbiy buyumlar qayta ishlatilgan, tug‘uruqxonalarda sterilizatsiya talablari buzilgan

Samarqand kasalxonalarida bir martalik tibbiy buyumlar qayta ishlatilgan, tug‘uruqxonalarda sterilizatsiya talablari buzilgan


2018-yil boshida Samarqand viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar davolash-profilaktika muassasalarida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida ishlar sust olib borilayotganini ko‘rsatdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Xususan, Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasida sterilizatsiya ishlari sifatsiz olib borilgan, ba’zi hollarda bir marotabalik tibbiy buyumlar qayta ishlatib kelingan.

Shuningdek, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalarda tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish jarayonida va boshqa muolajalarni o‘tkazishda amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlari qo‘pol ravishda buzib kelingani ma’lum bo‘ldi.

“Masalan, tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq majmuasining jarrohlik blokida sterilizatsiya jarayoni talabga javob bermaydi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Bu kabi holatlar Samarqand viloyat perinatal markazi, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Tayloq, Narpay tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmalari faoliyatida ham aniqlangan.

Bu borada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishida muhokama qilingan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.

Jumladan,

bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish hamda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Tayloq, Narpay tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari, Samarqand viloyat perinatal markazi bosh shifokoriga nisbatan intizomiy chora qo‘llashga qaror qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют