» » Shohjahon Ergashev navbatdagi jangiga boksdagi birinchi ustozi — otasini taklif qildi. Jang chempionlik uchun bo‘lishi mumkin

Shohjahon Ergashev navbatdagi jangiga boksdagi birinchi ustozi — otasini taklif qildi. Jang chempionlik uchun bo‘lishi mumkin


28-aprel kuni o‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev o‘zining prof ringdagi 13-jangini o‘tkazadi. Charm qo‘lqop ustasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, jang chempionlik kamari uchun o‘tishi ham mumkin.

Ergashev bungacha professional boksda 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini nokaut qilishga erishgan. U eng ko‘pi 5 raund jang qilgan, raqiblari undan nariga o‘ta olmagan.

“Olamsport”ning yozishicha, Ergashev Salita Promotions kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Mana shu kompaniya Ergashevning navbatdagi raqibini aniqlash ishlariga kirishgan. Avvalroq Ergashevning o‘zi reytingda peshqadamlik qilayotgan bokschiga qarshi jang qilishga tayyor ekani haqida aytgandi.

Norasmiy ma’lumotga ko‘ra, 28-aprel kungi jang chempionlik kamari uchun kechishi ham mumkin. Shundan kelib chiqib, Ergashev jangi uchun o‘zining boksdagi ilk murabbiyi — otasini AQShga taklif qilgan. Jang Nyu-York markazi Bruklinda — Barclays center arenasida o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 20) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют