» » 2017-yili dunyodagi milliarderlar soni 437 kishiga ko‘paydi va salkam 2700 kishiga yetdi

2017-yili dunyodagi milliarderlar soni 437 kishiga ko‘paydi va salkam 2700 kishiga yetdi


2017-yilda dunyodagi milliarderlar soni 437 kishiga ko‘paydi va 2694 kishiga yetdi. Bu haqda Hurun Research Institute tadqiqot tashkiloti hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi          “RIA Novosti”.

Xitoy mamlakatda (Gonkong, Makao va Tayvanni qo‘shib hisoblaganda) istiqomat qilayotgan milliarderlar soni bo‘yicha yetakchilikda davom etmoqda — 819 kishi. Bu 2016-yilga nisbatan 210 kishiga ko‘p.

Ikkinchi o‘rinni egallagan AQShda 571 nafar milliarder qayd etilgan. Xitoy va AQSh hissasiga dunyodagi milliarderlarning yarmidan ortig‘i to‘g‘ri kelmoqda. Pekinning o‘zida 131, Nyu-Yorkda esa 92 nafar milliarder yashaydi.

Reytingning uchinchi o‘rnidagi Hindistonda 131, Buyuk Britaniyada 118, Germaniyada 114 nafar milliarder borligi bildirilmoqda.

Ma’lumot uchun, sayyoradagi millarderlarning 15 foizi — 184 nafari ayollardan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют