» » Buxoro tarixiy obidalaridagi ko‘lmaklar bartaraf etildi

Buxoro tarixiy obidalaridagi ko‘lmaklar bartaraf etildi


Joriy yilning 25—26-fevral kunlari uzluksiz davom etgan yog‘ingarchilik oqibatida Buxoro shahri, xususan, eski shahar hududidagi “Ark” majmuasi, “Zindon”, “Chorminor”, “Baland” masjidi, G‘ijduvon ko‘chasi hamda Turki-Jandi mahallasidagi ko‘chalarida katta suv ko‘lmaklari hosil bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Buxoro viloyat FVB qutqaruvchilari viloyat obodonlashtirish boshqarmasi, IIB YOXB hamda “Suvoqava” DUK kuch-vositalari yordamida ushbu tabiiy hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bordi.

Qayd etish joizki, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-maydagi qarori doirasida Buxoro shahrida suv oqava tizimlarini ta’mirlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 2018—2020-yillarda nosoz holga kelgan, ta’mirtalab suv oqava tizimini yangilash bo‘yicha ishlar bajarilishi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur tadbirlar oqava suvlari yig‘ilishining oldini olishga qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют