» » Milliy kutubxonada Alisher Navoiy merosi yodga olindi

Milliy kutubxonada Alisher Navoiy merosi yodga olindi


Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda ijodiy uyushmalarning “Do‘stlar klubi” a’zolari Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi raislari hamkorlikda “Alisher Navoiy. So‘z, ohang va tasvir” mavzusida ijodiy-musiqiy anjuman o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga markaz vakillari ma’lumot berdi.

Anjumanda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Kadirov, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi Rustam Abdullayevlar tomonidan she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning jahon adabiyoti rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikrlar bildirildi.

Tadbirda Alisher Navoiyning durdona asarlaridan parchalar iste’dodli opera xonandalari tomonidan ijro etildi.

Tadbir so‘ngida ma’naviyat va ma’rifat sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etish, ijodiy uyushmalarning bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat olib borishi va boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir doirasida Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda ijodiy uyushmalarning “Do‘stlar klubi”, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют