» » Tyumenlik dasturchi 3D reallikda Putinning 12 metrli nusxasini yaratdi

Tyumenlik dasturchi 3D reallikda Putinning 12 metrli nusxasini yaratdi


Rossiyaning Tyumen shahrida yashovchi dasturchi Yaroslav Popov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dzyudo kimonosi kiyib turgan holatdagi 12 metrli nusxasini yaratdi. Prezidentning 3D  nusxasini “Putin bilan surat” nomli maxsus dastur yordamida ko‘rish va u bilan suratga tushish mumkin, deb yozmoqda TJournal.

Dasturchining so‘zlariga ko‘ra, 3D nusxa u joylashtirilgan sport majmuasining 10 yilligi sharafiga yaratilgan. Mazkur dasturdan faqat shu joyda foydalanish mumkin.

Mazkur nusxani yaratish uchun bir oy vaqt ketgan. Unda Putin ta’zim/salom qilib turgani aks etgan. Bir haftadan so‘ng Putinga bag‘ishlangan to‘liq loyihani ishga tushirish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 00:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют