» » Barselonaga otishi aytilayotgan Antuan Grizmanni toxtatib bolmayapti: avvaliga xet-trik, endi esa poker

Barselonaga otishi aytilayotgan Antuan Grizmanni toxtatib bolmayapti: avvaliga xet-trik, endi esa poker


Madridning Atletiko klubi La Liganing ketma-ket ikki oyinida yirik galabaga erishdi. Bir tur avval Sevilyani 5:2 hisobida taslim qilgan Madrid jamoasi, bu safar Leganes darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq boldi.

Gollarning barchasi fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann nomiga yozildi. U avvalgi turda Sevilya darvozasiga 3 ta gol urishga erishdi. Ispan OAV tarqatgan xabarga kora, Grizmann kelasi mavsumni Barselona safida boshlashi ham mumkin. Rasmiy doirada esa bu borada hech qanday gap-soz yoq.

Kechagi galabasidan keyin Atletiko hamshahri Realdan 10 ochko ozib ketdi. Bir kun avval Qirollik klubi Barselonaga tashrif buyurib, Espanyolga imkoniyatni boy bergandi.

Oz navbatida Valensiya kecha Bilbaoda Atletik bilan durang oynadi. Natijada Real va Valensiya orasida ochkolar farqi endi 1 tani tashkil qila boshladi.

Bugun peshqadam Barselona maydonga tushadi. Ernesto Valverde jamoasini safarda Las-Palmas bilan oyin kutib turibdi.

Ispaniya La Ligasi

26-tur bellashuvlari

28-fevral, chorshanba

Gollar: Joffrey Kondogbia, 23 (0:1). Oskar De Markos, 49 (1:1).

Noaniq penalti: Arits Aduris, 36 (A).

Gol: Xoakin Korrea, 15 (0:1).

Gollar: Rodriges Anxel, 40 (1:0). Eneko Boveda, 44-avt (2:0). Xorxe Molina, 82 (3:0).

Gollar: Antuan Grizmann, 26 (1:0). Antuan Grizmann, 35 (2:0). Antuan Grizmann, 56 (3:0). Antuan Grizmann, 67 (4:0).

Gol: Kike, 16 (1:0).

1-mart, payshanba

Betis Real Sosyedad 23:30

Las-Palmas Barselona 01:30 Futbol-TV

Alaves Levante 01:30



Manba: Daryo.uz
: admin (1-03-2018, 08:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
:
-
:
20 ... -