» » Xalq ta’limi vazirligi: Pedagoglar kasbiga aloqasi bo‘lmagan ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Xalq ta’limi vazirligi: Pedagoglar kasbiga aloqasi bo‘lmagan ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi


Milliy matbuot markazida 5-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov jurnalistlarning savollariga bergan javoblar e’lon qilinganidan so‘ng ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masalaga noxolis yondoshish, javoblarni noto‘g‘ri talqin qilish holatlari uchramoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi hamda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq ustoz va murabbiylar mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda obro‘sini oshirish yo‘lidagi ishlarini davom ettiradi.

Vazirlik qonunchilikda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga so‘zsiz amal qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют