» » “O‘zvinosanoat-xolding” o‘rnida “O‘zsharobsanoat” faoliyat ko‘rsatadi. Sohaga oid bo‘lmagan korxonalar uning tarkibidan chiqariladi

“O‘zvinosanoat-xolding” o‘rnida “O‘zsharobsanoat” faoliyat ko‘rsatadi. Sohaga oid bo‘lmagan korxonalar uning tarkibidan chiqariladi


“O‘zvinosanoat-xolding” AJ va uning Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tegishlicha “O‘zsharobsanoat” AJ va “O‘zsharobsanoat” AJ Rivojlantirish jamg‘armasi deb qayta nomlanadi. Sohaga oid bo‘lmagan korxonalar “O‘zsharobsanoat” tarkibidan chiqariladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq:

2018-yilning 1-aprelidan vinochilik mahsulotlari uchun yaroqlilik muddatini belgilash to‘g‘risidagi talab istisno etiladi va bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilarga ularni saqlash muddatini mustaqil belgilash huquqi taqdim etiladi;

2019-yilning 1-yanvaridan tabiiy vinolar, vinomateriallar va konyak spirtini ishlab chiqarish, shuningdek, uzumni qayta ishlash bo‘yicha faoliyatni uzumning meva beruvchi texnik navlarini yetishtirish bo‘yicha 100 gektardan kam bo‘lmagan plantatsiya maydoniga, shuningdek, vino-konyak mahsulotlarining saqlanishi va yetilishi uchun eman bochkalariga ega korxonalar, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarga rioya qilgan holda, amalga oshirishlari mumkin;

2019-yilning 1-yanvaridan o‘z uzumzor plantatsiyalarining xom ashyosidan ishlab chiqarilgan tabiiy uzum vinolarini qishloq xo‘jaligi mahsuloti toifasiga kiritgan holda, ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash bekor qilinadi.

Uzumning texnik navlarini yetishtirish uchun yer maydonlarini ajratish “O‘zsharobsanoat” AJ va Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda yuqori hosil olish uchun zarur bo‘lgan tuproqning unumdorligi, suv bilan ta’minlash manbalarining mavjudligini hisobga olib amalga oshiriladi.

Uzumning texnik navlarini ishlab chiqaruvchilar 2025-yilning 1-yanvariga qadar muddatga, qishloq xo‘jalik ekinlarini qator oralab yetishtirishidan qat’i nazar, yer solig‘ini to‘lashdan;

Vinochilik korxonalari O‘zbekistonda yetarli hajmlarda ishlab chiqarilmaydigan, vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan va foydalaniladigan materiallar, xom ashyo, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va buyumlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida olib kirilishi uchun 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlarini (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют