» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” Navro‘z munosabati bilan chegirmalar joriy qiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Navro‘z munosabati bilan chegirmalar joriy qiladi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Navro‘z bayramini nishonlash kunlarida yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratilganini ma’lum qildi.

Fuqarolarning davlat rasmiy sanalarini nishonlash davrida to‘laqonli dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanish shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida, joriy yil 18-martdan 22-martgacha bo‘lgan kunlarida mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarda (shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdlarida) oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Navro‘z bayrami kunlarida barcha ichki reyslarga chegirmalar joriy qilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют