» » Toshkent romantik uchrashuv o‘tkazish uchun eng arzon shahar deb topildi

Toshkent romantik uchrashuv o‘tkazish uchun eng arzon shahar deb topildi


ECA International konsalting agentligi dunyoning turli shaharlarida yashovchilar romantik uchrashuv uchun qancha mablag‘ sarflashini hisoblab chiqdi, deb yozadi “Nuz.uz”.

Bunday tadbir jenevaliklar uchun eng qimmatga tushadi. Bu yerda uchrashuv o‘rtacha 295 dollarga teng. Bu pul ichiga kinoga ikkita chipta (41 dollar), restorandagi kechki taom (175 dollar), bardagi ikkita kokteyl (34 dollar) va taksida yurish (45 dollar) narxi kiradi.

Uchrashuv uchun taxminan shuncha summani Oslo (262 dollar), Nyu-York (225 dollar), Sidney (217 dollar) va London (205 dollar) fuqarolari ham sarflaydi. Bu shaharlar romantik uchrashuv uchun eng qimmat joylar beshligini tashkil qildi.

Uchrashuv uchun minimal xarajatlar ketadigan shaharlar uchligiga Toshkent yetakchilik qildi. O‘zbekiston poytaxti  uchrashuv eng arzonga tushadigan joy deb topildi — kino, restoran, bar va taksi uchun 50 dollar sarflanadi.

Uchlikka, shuningdek, Qohira (75 dollar) va Janubiy Afrikadagi Keyptaun (69 dollar) kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 11:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют