» » To‘rtko‘lda yaratilgan gaz filtrlovchi uskuna yiliga 380 milliard so‘mni tejash imkonini beradi

To‘rtko‘lda yaratilgan gaz filtrlovchi uskuna yiliga 380 milliard so‘mni tejash imkonini beradi


Ko‘p yillardan buyon aholiga tabiiy gaz yetkazib berish sohasida xizmat qilib kelayotgan to‘rtko‘llik Ma’rufjon Rajabboyevning ixtirosi tejamkorligi bilan ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu tabiiy gazni filtrlovchi uskuna yiliga 380 milliard so‘m mablag‘ tejalishiga imkon yaratadi.

“Tabiiy gaz bir qancha tozalash bosqichlaridan o‘tkazilsa ham iste’molchilarga yetib borguncha baribir quvurlarning ichki yemirilishi natijasida chiqindilar bilan aralashadi va bu aralashma gaz o‘lchagichiga kelib tushadi. Natijada mexanizm yaroqsiz holga kelib, ortiqcha sarf-xarajat, egasi yo‘q noreal qarzdorlik paydo bo‘ladi. Mamlakat bo‘yicha 4 milliondan ziyod gaz hisoblagich uskunalari texnologik sarfini kuniga taxminan 1 metr kubga kamaytirilsa, 120 million metr kub, yiliga esa 1440 ,0 million metr kub hosil bo‘ladi. Bu, noreal qarzdorlik 380 milliard so‘mga kamayadi, deganidir”, — deydi M. Rajabboyev.

Aytish joizki, intellektual mulk agentligining muvofiqlik sertifikati va Rossiya federatsiyasi “RosPatent” agentligining patentiga ega ushbu jihoz To‘rtko‘l tumanidagi “Safeti filtr” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют