WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Ummonda qo‘shni BAAdagi kabi “ayollar” taksisi paydo bo‘ladi
Ummonda qo‘shni BAAdagi kabi “ayollar” taksisi paydo bo‘ladi
Ummon yo‘llarida bahorning birinchi kunlarida qo‘shni BAAdagi kabi faqat ayol haydovchilar tomonidan ayollarni tashishga mo‘ljallangan “ayollar” taksisi paydo bo‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ummon yo‘l politsiyasi departamenti yanvar oyi oxirida 1-martdan boshlab sultonlik ayollariga taksi va yuk furalarini haydashga ruxsat berilishi haqidagi bildirishnomani chiqardi. Politsiya xabarida ma’lum qilinishicha, bu tashabbus Ummon hukumatining biznes va ishda ayollarga bir xil huquq berish bo‘yicha siyosatining bir qismi hisoblanadi.
Ummonning odatiy to‘q sariq-qora rangli taksilaridan farqli ravishda “ayollar” taksisi pushti, moviy va oq ranglar uyg‘unligi bilan ajralib turadi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?