» » Statistika qo‘mitasi: O‘zbekistonda fevral oyida tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,1 foizga oshdi

Statistika qo‘mitasi: O‘zbekistonda fevral oyida tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,1 foizga oshdi


O‘zbekistonda 2018-yilning fevral oyida tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,1 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,1, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,3 va xizmatlar 0,7 foizga qimmatladi.

Meva mahsulotlaridan ko‘proq o‘sish olmada (6,1 foiz), shuningdek, quritilgan mevalarda (4,8 foiz) kuzatildi. Qovoq bir oyda 10,0 foizga qimmatladi. Sabzavotlardan pomidor 14,0, bodring narxi 11,7 foizga o‘sdi. Kartoshka va piyoz narxlarining pasayishi kuzatildi (mos ravishda 2,7 va 2,3 foiz).Tuxum o‘rtacha 10,5, shakar 3,0, tovuq go‘shti 1,3, qattiq pishloq va qandolat mahsulotlari 0,1 foizga arzonladi.

Viloyatlarda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha narxlari orasidagi tafavut saqlanib qoldi. Jumladan, mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtdan tashqari) o‘rtacha 1 kilogrammi uchun maksimal narxi 36967 so‘mni (Toshkent shahri), minimal narxi 29725 so‘mni (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) tashkil etdi. Suyaksiz mol go‘shtining o‘rtacha 1 kilogrammi uchun maksimal narx 44868 so‘mni (Toshkent shahri), minimal narxi 39000 so‘mga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) teng bo‘ldi.

Viloyatlar orasida 1 kilogramm. kartoshkaning maksimal va minimal o‘rtacha narxlari o‘rtasidagi farq 1,2 barobarni (Qoraqalpog‘istonda 3843 so‘m, Jizzax viloyatida esa 3272 so‘m) tashkil etdi. O‘nta tuxumning maksimal o‘rtacha narxi 6655 so‘m (Sirdaryo viloyati), minimal o‘rtacha narxi 5500 so‘mga (Andijon viloyati) to‘g‘ri keldi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oyda 1,3 foizga ko‘tarildi. Qurilish materiallari bo‘yicha sezilarli darajada g‘isht (29,3 foiz), sement (8,4 foiz), shifer (5,9 foiz) va yog‘och mahsulotlari narxi (3,3 foiz) qimmatladi.

Aholi uchun xizmatlar oyda o‘rtacha 0,7 foizga oshdi. Xususan, “O‘zbektelekom” AK tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari tariflari ko‘tarildi. Mahalliy telefon aloqasi uchun abonent to‘lovi o‘rtacha 27,7, shaharlararo va xalqaro so‘zlashuvlar o‘rtacha 67,1 foizga oshirildi.

Yo‘lovchi tashish xizmatlarining oshishi asosan shaharlararo yo‘nalishda qatnaydigan poyezdlarda chipta narxining o‘rtacha 31,9 hamda havo transporti xizmatlari o‘rtacha 2,8 foizga ko‘tarilishi bilan bog‘liq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 17:44)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...