» » O‘zbek—tojik chegarasidagi o‘zgarishlar, o‘quvchilar uchun stipendiya joriy etgan andijonlik tadbirkor, Bobomurod Abdullayevning sudi sanasi va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbek—tojik chegarasidagi o‘zgarishlar, o‘quvchilar uchun stipendiya joriy etgan andijonlik tadbirkor, Bobomurod Abdullayevning sudi sanasi va kunning boshqa muhim xabarlari


1-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilishda ayblangan Bobomurod Abdullaning ishi 5-mart kuni sudda ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

2. Statistika qo‘mitasi: O‘zbekistonda fevral oyida tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,1 foizga oshdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,1, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,3 va xizmatlar 0,7 foizga qimmatladi.

3. Bugun O‘zbekiston—Tojikiston davlat chegarasi orqali 9 ta o‘tish punktlari tantanali ravishda ochildi. Xususan, Samarqand va So‘g‘d viloyati o‘rtasidagi chegara posti ham ochildi.

4. O‘zbekistonda yil oxirigacha 1000 dan ziyod yangi bankomat o‘rnatiladi. Shunga o‘xshash va’da o‘tgan yil boshida ham berilgan edi.

5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Navro‘z munosabati bilan chegirmalar joriy qiladi. Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” ham Navro‘z kunlari chegirmalar bo‘lishini e’lon qilgandi.

6. Toshkent aeroportida taksi chaqirish uchun infokiosklar va ko‘p qavatli avtoturargoh paydo bo‘ladi. Shuningdek, aeroportda ikkinchi aerovokzal ishga tushirilishi ma’lum qilindi.

7. Andijonlik tadbirkor Izboskan tumanidagi maktabning a’lochi o‘quvchilariga stipendiya joriy etdi. Stipendiya sohiblari sinf rahbarlarining tavsiyalari asosida maktabda tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.

8. Toshkentliklar hukumatga sobiq “O‘zbum” fabrikasini saqlab qolish uchun Alisher Usmonovga murojaat qilishni taklif etdi. Kuni kecha “O‘zbum” sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar chiqqandi.

9. Daniyalik arxitektor Yan Geyl Toshkentning 8 ta tumani uchun bosh reja tayyorlaydi. U o‘tgan yili Toshkentda bo‘lib, vaziyat bilan tanishib ketgan edi.

Bonusiga: Prezident mahalliylashtirishdagi ko‘zbo‘yamachiliklar haqida gapirdi. Bu illat issiqxonalar, tomlar, bolalar maydonchalarida ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 19:14)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют