» » Rossiyaning Oryol shahri yaqinida ikki yuk mashinasi mikroavtobus bilan to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor

Rossiyaning Oryol shahri yaqinida ikki yuk mashinasi mikroavtobus bilan to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor


Rossiyaning Oryol viloyatida ikki yuk mashinasi mikroavtobus bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Voqea “Oryol – Tambov” yo‘lining 80-kilometrida ro‘y berdi. Scania yuk mashinasi Oryol shahridan Livnaga ketayotganida teskari tomondan kelayotgan Luidor mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketdi.

Yuk mashinasi haydovchisi yordam uchun to‘xtagan ikki mashina haydovchisi bilan birga mikroavtobusni boshqarib ketayotgan kishini chiqarib olishga urinayotganida Livnadan Oryolga ketayotgan DAF yuk mashinasi ularga urildi.

Buning oqibatida Luidor va Scania haydovchilari, shuningdek, yordam berish uchun to‘xtagan yengil avtomobillardan birining haydovchisi halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 21:13)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют