» » OAV: Qozog‘istonda ro‘y bergan YTHda yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

OAV: Qozog‘istonda ro‘y bergan YTHda yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida 1-mart kuni ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TengriNews xabar bermoqda.

Aytilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 4:30 da Sayotes qishlog‘i yaqinida “Oqtov – Beynov” avtoyo‘lida Shacman yuk mashinasi Lada Largus yengil avtomobili bilan to‘qnashib ketdi.

Lada Largus haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Ularning shaxsi aniqlanmoqda.

Voqea yuzasidan Qozog‘iston JKning 345-moddasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 21:44)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют