» » Andijonlik iste’molchiga salkam 19 mln so‘m noreal qarzdorlik hisoblangani ma’lum bo‘ldi

Andijonlik iste’molchiga salkam 19 mln so‘m noreal qarzdorlik hisoblangani ma’lum bo‘ldi


Andijon viloyati, Andijon tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Adhamjon Vahobjonov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 18746650 so‘m noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib, murojaat qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Arizada ko‘rsatilgan holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Abonent kartasi harakat jadvaliga solishtirilganda hisoblagich ko‘rsatgichi bo‘yicha 2015-yil 5-iyundan 2018-yil 12-fevralga qadar 20623 kVt elektr energiya sarflangan va bu davr uchun jami 4299134 so‘m to‘langan (aslida 3771019 so‘m to‘lanishi kerak bo‘lgan). O‘rganish natijasida arizachi 567020 so‘m haqdor ekani aniqlandi.

Hisoblangan noreal qarzdorlik qayerdan kelib chiqqanini aniqlash maqsadida federatsiyaning tuman jamiyati Andijon elektr korxonasiga bordi. Aniqlanishicha, tuman elektr korxonasi nazoratchisi 2017-yil 8-mart kuni ko‘rsatgichni kiritishda xatolikka yo‘l qo‘ygan va natijada Adhamjon Vahobjonovga ortiqcha qarzdorlik hisoblangan.

Jamiyat aralashuvi bilan fuqaroga qo‘yilgan noreal qarzdorlik olib tashlandi va uning ortiqcha to‘lagan mablag‘i kelgusida foydalaniladigan elektr energiyasi uchun hisoblanadigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 22:28)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют