» » Ekopen WorldBuild Tashkent 2018 ko‘rgazmasida o‘z stendi va mahsulotlari bilan barchani hayratlantirmoqda

Ekopen WorldBuild Tashkent 2018 ko‘rgazmasida o‘z stendi va mahsulotlari bilan barchani hayratlantirmoqda


Ekopen WorldBuild Tashkent 2018 ko‘rgazmasida o‘ziga xos derazadan iborat kompozitsiyani taqdim etib, eng yaxshi stend dizayni mukofotini qo‘lga kiritdi.

Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da 28-fevraldan 2-martga qadar bo‘lib o‘tayotgan WorldBuild Tashkent 2018 ko‘rgazmasi, bu – qurilish va pardozlash materiallari sohasidagi ishlab chiqaruvchilarga o‘zi haqida ma’lumot berib, mahsulotlarini namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ekopen kompaniyasi – deraza va eshik konstruksiyalari uchun PVX-profillarini ishlab chiqarish sohasida tan olingan yetakchilardan biri bo‘lib, o‘z mahsulotlarini xuddi shu asosda ishlab chiqarish va namoyish etish yo‘lidan bormoqda. Kompaniya ko‘rgazmada ulkan ikki qavatli stendni bunyod etib, ko‘plab tashrif buyuruvchilarning chinakam qiziqishlariga sazovor bo‘ldi va yakunda eng yaxshi korporativ stend uchun tashkilotchilar tomonidan e’tirof etildi.

Mehmonlarni didjeyning jo‘shqin musiqalari qarshi olmoqda, resepshndagi xushmuomala qizlar esa barcha savollar bo‘yicha maslahatlar berishga tayyor. Tashrif buyuruvchilar uchun tanlovda ishtirok etish uchun maxsus fotozona tashkil etilgan, ikkinchi qavatdagi launj-zonada esa Ekopen vakili bilan xotirjam muhitda muhim masalalarni muhokama qilish yoki shunchaki professional barmen taqdim etgan bir finjon qahvani ichib, rohat olish mumkin.

Biroq pudratchilar tomonidan Ekopen profillaridan tayyorlanayotgan mahsulotlarning taassurotlarga boy namoyishlarini dasturning o‘zagi deb atash mumkin. Deraza va eshiklarning beqiyos shakl hamda konstruksiyalari hatto shunchaki o‘tib ketayotgan tashrif buyuruvchilarni ham kompaniya stendi qarshisida to‘xtab qolishiga undaydi. Va bu yerda Ekopen sizni hayratlantira oladi. O‘z dizayniga zamonaviy tendensiyalar va innovatsiyalar uchun keng o‘rin ajratgan kompaniya sizga turli — klassik, ampir, barokko, modernizm va boshqa arxitekturaviy uslublardagi effektli derazalarni taklif etadi. Bu derazalarni oddiy buyumlarni har qanday xonaga betakror go‘zallik baxsh etuvchi mahsulotga aylantiradi. Bundan tashqari, yaqinda bozorlarda interyerga o‘ziga xoslik beruvchi “xay-tek”, “loft” uslubidagi hamda Titanium rang effektiga ega Ekopen mahsulotlari paydo bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, Ekopen pudratchilari O‘zbekiston bozoriga haqiqatdan ham eksklyuziv takliflar – murakkab “vitraj” konstruksiyali va hattoki yoysimon shakldagi derazalarni taqdim etmoqda.

2017-yilda rebrending (faol marketing siyosati) o‘tkazgan Ekopen kompaniyasi joriy yilda o‘zining 10 yilligini nishonlaydi. Kompaniya erishgan muvaffaqiyatlar — uning barcha xodimlari va pudratchilarning mashaqqatli mehnati samarasi. Har bir deraza yoki eshik — bu har bir mijozga individual yondashilgan mahsulot bo‘lib, ommviy ishlab chiqarish orqali bu kabi natijaga erishish imkonsiz. Ekopen profillaridan tayyorlangan barcha mahsulotlar sexlarda o‘z bilimlarini avloddan avlodga yetkazib kelayotgan mutaxassislar tomonidan zamonaviy uskunalardan foydalanilgan holda ishlab chiqarilmoqda. Kompaniya tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlab kelinayotgan “sexchilar” xaridorlarga uzoq yillar davomida xizmat qilib, brend yuziga aylanayotgan deraza va eshiklarni chin yurakdan ishlab chiqarmoqda.

Ekopen mahsulotlari o‘zining qulayligi, yaroqliligi, parvarishga osonligi va funksional dizayni bilan ko‘plab o‘zbekistonliklar tomonidan munosib baholanmoqda. Mahsulotlarning yuqori sifati va xavfsizligi jahon standartlariga muvofiqlik sertifikatlar paketi bilan tasdiqlangan bo‘lib, gigiyenik sertifikatlar har yili yangilanib turadi.

Bugun Ekopen iste’molchilarga nemis texnologiyalari asosida laminatsiyalangan rangli profillardan tayyorlangan mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bunday profillardan tayyorlangan deraza va eshiklar harorat va shovqindan a’lo darajada himoyalangani, quyoshda rangini yo‘qotmasligi, ob-havo sharoitlariga bardoshliligi va qahraton sovuqdan jazirama issiqqacha harorat o‘zgarishlarini oson yengib o‘tishi bilan ajralib turadi.

Ko‘rgazma doirasida Ekopen vakillari nafaqat stendga tashrif buyurganlarda tug‘ilayotgan barcha savollarga javob qaytarmoqda, balki bepul deraza (o‘rnatib berish bilan birga) va boshqa kafolatlangan yutuqlarni qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘lgan tanlovda ishtirok etishni ham taklif qilmoqda.

Tanlovda qatnashish uchun:

WorldBuild Tashkent 2018 ko‘rgazmasidagi Ekopen stendiga 2-martgacha tashrif buyurish va tanlovda ishtirok etish mumkin.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют