» » O‘zbekistonga olib kiriladigan havo sharlari bojlardan ozod etildi

O‘zbekistonga olib kiriladigan havo sharlari bojlardan ozod etildi


O‘zbekistonga olib kiriladigan havo sharlari 2020-yilgacha bojxona bojlaridan ozod etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shohrux Shorahmetov Xalqaro aeronavtika federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi Spot. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda aeronavtikani ilgari surishni muhokama qildi.

“Prezident qarori bilan 2020-yilgacha mamlakatga olib kiriladigan barcha havo sharlari bojxona bojlaridan ozod qilindi. Shuningdek, biz tijorat banklari bilan ishlayapmiz, ularning havo sharlari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berishiga erishmoqchimiz, bu borada maxsus yechim tayyorayapmiz”, — dedi Shohrux Shorahmetov.

Yil oxirigacha O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida 15 ta aerostat ishga tushiriladi. Turli mamlakatlardan havoda suzuvchilarni jalb qilgan holda tomoshali festivallarni tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

“Avvalo biz biznes bilan ishlashimiz, havo sharlari nafaqat xobbi, balki daromad ham ekanligini ko‘rsatishimiz kerak. Bu qimmatbaho huzur-halovat, ammo biz biznes hamjamiyatini sarmoya kiritishga chaqiramiz, chunki bu yo‘nalish serdaromad va ayniqsa xorijda ommalashib bormoqda. Aeronavtika qo‘shimcha biznes hamda chet ellik sayyohlar uchun yangi sayyohlik mahsulotiga aylanishi mumkin”, — dedi Shorahmetov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют