» » O‘zbekiston maygacha chet ellik investorlar uchun o‘z statistikasini ochadi

O‘zbekiston maygacha chet ellik investorlar uchun o‘z statistikasini ochadi


O‘zbekiston Milliy yig‘ma ma’lumotlar sahifasi 1-maygacha tayyor bo‘ladi, deb yozadi Spot Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamenti missiyasi Ma’lumotlarni tarqatishning kengaytirilgan umumiy tizimini joriy qilishda hukumat organlariga yordam berish maqsadida 21-fevraldan 1-martga qadar Toshkentda bo‘ldi.

Milliy yig‘ma ma’lumotlar sahifasida rasmiy ma’lumotlar manbalari, xususan Davlat statistika qo‘mitasi, Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan statistikaga havolalar bo‘ladi. Ushbu sahifa eng muhim makroiqtisodiy ma’lumotlarni e’lon qilish uchun universal vosita bo‘lib xizmat qilishi kerak.

Makroiqtisodiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi milliy direktiv organlar, shuningdek, milliy va xorijiy manfaatdor shaxslar, shu jumladan, investorlar va reyting agentliklarini axborotdan qulay tarzda foydalanish imkoniyati bilan ta’minlaydi, buni esa Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ijroiya kengashi iqtisodiy holatni va iqtisodiy siyosatni kuzatishda o‘ta muhim deb hisoblaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют