» » O‘zbekiston va Ukraina hukumatlararo komissiya ishini 11 yildan so‘ng qayta tiklamoqda

O‘zbekiston va Ukraina hukumatlararo komissiya ishini 11 yildan so‘ng qayta tiklamoqda


Joriy yilning 27-fevral kuni Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan konsultatsiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi rasmiy sayti xabar berdi. Tashqi savdo vazirining o‘rinbosari  Sohib Saifnazarov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining o‘rinbosari Natalya Mikolska qabul qildi.

Tomonlar konsultatsiya davomida ikki yoqlama savdo hajmini tubdan oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar shunigdek, O‘zbekiston-Ukraina savdo-iqtisodiy hamkorligiga qaratilgan boshqa muhim masalalarni muhokama qildi.

Konsultatsiya so‘ngida tomonlar mintaqalararo hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish, joriy yilning uchinchi choragida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston-Ukraina Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishini, shuningdek, Toshkent shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi biznes-forumlarni o‘tkazishga kelishib oldi.

Spot yozishicha, shu tariqa mamlakatlar hukumatlararo komissiyani 11 yildan so‘ng qayta tiklamoqda — komissiyaning avvalgi majlisi 2007-yilda Kiyevda bo‘lib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют