» » Hozirgi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning 65 foizi kelajakda hali mavjud bo‘lmagan kasblarda ishlaydi

Hozirgi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning 65 foizi kelajakda hali mavjud bo‘lmagan kasblarda ishlaydi


Texnologik taraqqiyot va innovatsiyalar mehnat bozorida katta o‘zgarishlar olib kelmoqda, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Shu bois ekspertlar bugungi kundagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining taxminan 65 foizi kelajakda hozir mavjud bo‘lmagan kasblarda ishlashini taxmin qilmoqda. Ular maktabni tugatishlarida texnika, matematika va arxitektura bilan bog‘liq sohalarda ikki millionga yaqin ish joylari vujudga keladi. Shu bois yangi avlod muhandislariga ehtiyoj oshadi.

Ushbu va boshqa muammolar BMT xalqaro maktabining shafeligida tashkil etilgan konferensiya ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi.

BMT bosh assambleyasi zalida o‘tkazilgan ikki kunlik konferensiyada dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan, shu jumladan, Germaniya, Belgiya, Xitoy va Yaponiyadan kelgan yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Konferensiyada so‘zga chiqqan BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadning aytishicha, dunyo to‘rtinchi sanoat inqilobi ostonasida turibdi.

“Tez texnologik taraqqiyot atrofimizdagi barcha narsalar chuqur o‘zgartirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli texnologiyalarning yangi davrida barchamiz inqilobiy o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqdamiz”, — deydi Amina Muhammad.

BMT bosh kotibining so‘nggi hisobotlaridan biriga ko‘ra, 2017-yil oxirida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 2,41 milliard edi. Hozir ular juda tez ortib bormoqda.

“Umuman olganda, yangi texnologiyalar va innovatsiyalar odamlar hayotini yaxshilashga yordam beradi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarda muhim rol o‘ynaydi. Barchamiz uchun farovon va barqaror kelajakni barpo etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, — deya qo‘shimcha qilgan BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari.

Konferensiya ishtirokchilarining ta’kidlashicha, bugungi kunda paydo bo‘lgan “aqlli mashinalar” ba’zi vazifalarni bajarishda odamlardan ustunlik qila boshlagan.

Buni yaqinda BMT bosh kotibi o‘z ma’ruzasida ham qayd etgan edi. Ya’ni, u yaqin kelajakda yumushlarning 10 dan 80 foizigacha robotlar tomonidan bajaralishi borasida ogohlantirgan. Bu jarayon esa allaqachon boshlangan. Masalan, 2014 — 2016-yillarda Amazon kompaniyasi xodimlari sonini 100 mingdan 350 ming nafargacha, omborlarda ishlaydigan robotlarning sonini esa 1400 tadan 45 minggacha oshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют